«uchtepa tumani» tegli maqolalar


Toshkentda tilanchilik qilib yurgan ayollarning yosh farzandlari ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildi
27 mart 2024, 11:52

Toshkentda tilanchilik qilib yurgan ayollarning yosh farzandlari ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildi

IIBB Uchtepa tumanida 26 nafar tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgan ayolni aniqlandi. Ularning 13 nafar yosh farzandi ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildi. Ayollarning ayrimlari pul topish uchun o‘zgalarning yosh farzandini ijaraga olgani aniqlandi. Fuqarolarga profilaktik tushuntirish berildi.

Toshkentda 15 yoshli yigit mashina o‘g‘irlagani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi
15 mart 2024, 12:03

Toshkentda 15 yoshli yigit mashina o‘g‘irlagani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Poytaxtning Uchtepa tumanida 15 yoshli maktab o‘quvchisi kelishmovchilik sabab uydan chiqib ketib, boshqa bir fuqaroning mashinasini minib qochib ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘smir bundan avval ham 2 marta mashina olib qochgan. Sud uning bu harakatlari uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Toshkentda tuproq bosib qolgan 5 nafar quruvchidan 2 nafari halok bo‘ldi
11 oktabr 2023, 17:59

Toshkentda tuproq bosib qolgan 5 nafar quruvchidan 2 nafari halok bo‘ldi

Uchtepa tuman hokimligi kollektor qurilishida 5 nafar xodimni tuproq bosib qolganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, ulardan 2 nafari vafot etdi, 1 nafari kasalxonada, qolganlarning ahvoli qoniqarli baholanmoqda.

“Oldin oq bilan qorani ajratib olinglar”. IIB xodimi — bog‘chadagi bolalarga
24 iyul 2023, 08:58

“Oldin oq bilan qorani ajratib olinglar”. IIB xodimi — bog‘chadagi bolalarga

“Faqat yaxshi inson bo‘lish kerak, bo‘ldi. Qilma deganni qilish kerakmas. Qil deganni qilish kerak. Oq bilan qorani ajratib olinglar oldin”. IIB xodimlari bog‘chada tarbiyaviy soat o‘tkazdi. Ta’lim boshqarmasi internet foydalanuvchilari videoni noto‘g‘ri tushunishganini qayd etdi.

Toshkentda bino 3 qavat o‘rniga 12 qavat qilib qurilgani bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi
11 may 2023, 14:20

Toshkentda bino 3 qavat o‘rniga 12 qavat qilib qurilgani bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi

Uchtepa tumanida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi eskiz loyihasida 3 qavat bo‘lishi ko‘rsatilgani, biroq amalda 12+1 qavat qilib qurilayotgani aniqlandi. Qurilish vazirligi boshqarmasi holatni o‘rganib, binoning qo‘shimcha qismini buzish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi.

Toshkentda uylar orasiga yashirilgan narkotiklarni izlagan 28 kishi ko‘rsatma berdi
27 mart 2023, 18:38

Toshkentda uylar orasiga yashirilgan narkotiklarni izlagan 28 kishi ko‘rsatma berdi

Tarmoqlarda Toshkentdagi mahallalardan birida noma’lum shaxslar uch kun davomida yashirib ketilgan narkotiklarni izlayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Poytaxt IIBB hozirda 28 kishi ushbu holat bo‘yicha ko‘rsatma bergani va tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Yunusobod tumanlari hokimlariga hayfsan berildi
17 fevral 2023, 16:42

Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Yunusobod tumanlari hokimlariga hayfsan berildi

Poytaxt hokimi v.b. Baxtiyor Rahmonov Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Yunusobod hokimlariga hayfsan berdi. Bunga Shavkatbek Irgashev, Farxod Abdullayev va Boxadir Abduvaliyevlarning qishga tayyorgarlik va uni betalafot o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmagani, aholi bilan muloqot qilmagani sabab bo‘lgan.

Shayxontohur va Uchtepaning ba’zi hududlarida vaqtincha gaz ta’minoti bo‘lmaydi
24 dekabr 2022, 11:58

Shayxontohur va Uchtepaning ba’zi hududlarida vaqtincha gaz ta’minoti bo‘lmaydi

Tokentning ikki tumanidagi ba’zi hududlarda 24 dekabr kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha gaz ta’minoti bo‘lmaydi. Bunga o‘rta bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lgan.

Prezident tanqididan so‘ng Uchtepadagi mahallada ko‘chalarni muzdan tozalash boshlandi
14 dekabr 2022, 16:41

Prezident tanqididan so‘ng Uchtepadagi mahallada ko‘chalarni muzdan tozalash boshlandi

Poytaxtning Uchtepa tumanidagi prezident borib ko‘rgan «Shirin» mahallasida ko‘chalarni muzdan tozalash ishlari boshlandi. Bir kun avval Shavkat Mirziyoyev «Sizlar ishlamaganlaring uchun davlat yomonga chiqyapti», — deya tuman hokimi Farhod Abdullayevni tanqid qilgan edi.

«Yiqilsa, kimni ayblaydi? Prezidentni». Mirziyoyev — muzlagan yo‘laklar haqida
13 dekabr 2022, 20:39

«Yiqilsa, kimni ayblaydi? Prezidentni». Mirziyoyev — muzlagan yo‘laklar haqida

Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumaniga tashrifi davomida kutilmaganda mahallaga tashrif buyurib, kirish eshiklari holatiga nazar tashladi, aholi xonadonlarida bo‘ldi. U mutasaddilarning issiqlik masalasini hal qilayotganiga ishontirdi, sovuq tez orada o‘tib ketishini aytib, yo‘laklar muzlaganini tanqid qildi.

Jurnalistning gaz muammosi haqidagi postiga Uchtepa hokimligining javobi: «Siz nima qilib berdingiz?»
14 noyabr 2022, 21:53

Jurnalistning gaz muammosi haqidagi postiga Uchtepa hokimligining javobi: «Siz nima qilib berdingiz?»

Jurnalist Aziza Qurbonova yakshanba kuni gaz bosimi pastligi, choy ham qaynatolmayotganini tanqid qilgandi. Uning Facebook`dagi postida Uchtepa hokimligi sahifasi nomidan shunday izoh qoldirishdi: «Bas qiling xalqning g‘azabini qo‘zg‘atishni. Siz nima qilib berdingiz Uchtepaga?».

Uchtepa tumani prezidentning tashrifiga qanday tayyorgarlik ko‘rdi?
29 oktabr 2022, 16:15

Uchtepa tumani prezidentning tashrifiga qanday tayyorgarlik ko‘rdi?

Prezidentning u yoki bu hududga tashrifidan oldin, u haqiqiy holatni juda yaxshi bilishini ta’kidlab, buni qilmaslikka chaqirgan bo‘lsada, keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Ushbu amaliyot hanuz davom etmoqda. «Gazeta.uz» Uchtepa tumani prezidentning tashrifiga qanday tayyorgarlik ko‘rganini kuzatdi.

Toshkentda aholi e’tirozidan so‘ng mahalla orasida 12 qavatli uy qurilishi vaqtincha to‘xtatildi
19 sentabr 2022, 15:33

Toshkentda aholi e’tirozidan so‘ng mahalla orasida 12 qavatli uy qurilishi vaqtincha to‘xtatildi

Poytaxtning Ko‘kcha-Oqtepa mahallasida yashovchilar hududdagi ko‘p qavatli uy qurilishidan norozi ekanliklarini bildirdi. Avvaliga 2 qavatli bo‘lishi aytilgan bino keyinchalik 12 qavatli uy ekani ma’lum bo‘lgan. Aholi bino mahalla infratuzilmasiga salbiy ta’sir qilishidan xavotirda. Hozirda qurilish to‘xtatilgan.

Toshkentda yana bir quruvchi tashkilot 42 tup daraxtni kesib tashlagani aniqlandi
8 sentabr 2022, 20:16

Toshkentda yana bir quruvchi tashkilot 42 tup daraxtni kesib tashlagani aniqlandi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida quruvchi tashkilot tomonidan 42 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib yuborilgani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 425 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Bosh prokuratura tashkilot mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Uchtepa tumanida 33 nafar hokim yordamchisi hayfsan oldi
10 may 2022, 11:42

Uchtepa tumanida 33 nafar hokim yordamchisi hayfsan oldi

Shu yilning birinchi choragi bo‘yicha poytaxtning Uchtepa tumanida mahallalardagi hokim yordamchilarining faoliyati KPI tizimi bo‘yicha baholandi. Natijada 60 nafar hokim yordamchisidan 33 nafariga o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib kelayotgani uchun hayfsan berildi.

XTV qizil galstuk masalasiga siyosiy tus bermaslikni so‘radi
28 fevral 2022, 12:21 1

XTV qizil galstuk masalasiga siyosiy tus bermaslikni so‘radi

Ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumanidagi 283-maktab o‘quvchilariga qizil galstuk taqdirilgan holat «pionerlikka qaytish» deb tariflanayotgani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Xalq ta’limi vazirligi maktabning ochilish marosimida ota-onalar bilan kelishilgan holda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga erkaklarning qizil rangli bo‘yinbog‘i taqilganini ma’lum qilib, «bunga siyosiy tus bermaslikni» so‘radi.

Uchtepada boshqa shaxsga tegishli armaturani $35,7 mingga sotib yuborgan shaxs qo‘lga olindi
22 iyun 2021, 19:14

Uchtepada boshqa shaxsga tegishli armaturani $35,7 mingga sotib yuborgan shaxs qo‘lga olindi

Uchtepa tumanida o‘zning 50 tonna armaturasini boshqa bir fuqaroga sotgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlikka oid moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting